Bolalar onanizmi: erta jinsiy xavfmi yoki tabiiy taraqqiyot?


Onanizm
(Masturbatsiya) – bu jinsiy a’zolarni qo‘l yordamida, oyoqlarni qisish, turli buyumlarga ishqalanish va boshqa usullar bilan qo‘zg‘atishdir. Masturbatsiya bolalik davrida jinsiy xulq-atvorning eng keng tarqalgan shakllaridan biri hisoblanadi. Bolalarda masturbatsiya. Bu normal holatmi? Bu hodisa bolaning ruhiy muammolari haqida xabar beradimi, masalan, ota-onaning mehr-muhabbatiga ehtiyojni bildiradimi? Masturbatsiya qanchalik xavfli bo‘lishi mumkin va qanday oqibatlarga olib keladi? Bundan tashqari, ota-ona bunday vaziyatga qanday munosabat bildirish kerak? Bolani tanbeh berish, e'tiborsiz qoldirish yoki qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ri bo‘ladimi?

Maktabgacha yoshdagi bolalar orasida bu odat ko‘pincha o‘yinlar paytida tana qismlarini o‘rganish natijasida rivojlanadi va odatda jinsiy qo‘zg‘alish bilan bog‘liq emas. Masturbatsiya bolaning umumiy qo‘zg‘aluvchanlik darajasi yuqori bo‘lganda paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, 1,5 yoshli bola jinsiy a’zolarini qo‘llari bilan ushlaydi. Uning onasi bolani qo‘llaridan urib jazolaydi. Bu noto‘g‘ri ekanligini bilsam-da, onasini bunga ishontirish qiyin.

5,5 yoshli “X” ismli qizning ota-onalari xovotirda. Ularning qizi bolalar bog‘chasidagi mashg‘ulotlarda (stulda o‘tirib, ishqalash orqali) masturbatsiya bilan shug‘ullanayotgani haqida shikoyat qilishadi. “X” ning masturbatsiya bilan shug‘ullanishi uch yoshida, oilasi yangi kvartiraga ko‘chib o‘tganidan so‘ng boshlangan. Birinchi davrda (taxminan ikki oy davomida) “X” yangi muhitga moslashish uchun avvalgidek o‘z karavotida, ota-onasi yonida emas, balki noqulay katlanadigan karavotda yolg‘iz yotishga majbur bo‘lgan. Yangi muhit tufayli yuzaga kelgan bezovtalikni “X” masturbatsiya orqali yengishni o‘rgandi. Uning ota-onasi esa ish bilan band bo‘lgani sababli, qizlariga yetarlicha vaqt ajratmay kelgan.

O‘zining tasavvuriy dunyosini yaratish odatda yolg‘iz, tabiatan kamgap (introvert) bolalar uchun xosdir. Masturbatsiya (onanizm) ko‘pincha qiz bolalarda kuzatiladi, ular qizlarning odatiy mashg‘ulotlariga qaraganda o‘g‘il bolalar o‘yinlarini afzal ko‘rishadi. Shuningdek, bu odat erkaklarga xos xatti-harakatlari kuchli ifodalangan o‘g‘il bolalarda ham uchraydi. Onanizmning kelib chiqishiga bolaning faol temperamenti va unga mos keladigan, zo‘riqishni bartaraf etish ehtiyoji sabab bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday kuchaygan ehtiyoj nerv-somatik jihatdan zaiflashgan va qo‘zg‘aluvchanligi yuqori bo‘lgan bolalarda ham yuzaga keladi.

Nima qilish kerak?

Boladagi zo‘riqish sabablarini aniqlashga harakat qiling: Farzandingizni qisqa muddatli zavq va bo‘shashishga undayotgan zo‘riqishni keltirib chiqaradigan sabablarni tushunishga harakat qiling. Bunga ota-onaning ortiqcha qat’iyligi, mehr-muhabbatning yetishmasligi, his-tuyg‘ularni ochiq ifodalashdagi samimiyatning kamligi, faoliyatni cheklash, taqiq qo‘yish, jismoniy jazolar kabi omillar kiradi.

Bolani zavq olishning turli usullariga o‘rgating. O‘zingiz uchun "zavq menyusi" tuzing: "Men zavq olishim mumkin...". Bola uchun esa, "Sen nima bilan shug‘ullanishni yoqtirasan, senga nima yoqadi?" deb so‘rab, uning zavqlanishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar ro‘yxatini tuzing. Bola bilan birgalikda unga yoqadigan mashg‘ulotlarni qanchalik ko‘p eslab chiqsangiz, turli xil zavqlanish usullarini taklif qilish shunchalik oson bo‘ladi. O‘z tajribangizni bolaga ulashing: O‘zingizning "zavq menyusi"dan bola bilan bo‘lishing. Masalan, agar siz to‘qishdan zavqlansangiz, bolangiz iplarni chigallash bilan shug‘ullanib, siz bilan birga vaqt o‘tkazishi mumkin. Bu usullar bolaning zo‘riqishini kamaytirishga va uning e’tiborini boshqa qiziqarli mashg‘ulotlarga jalb qilishga yordam beradi.

Bolani yoqimli va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan chalg‘iting, uning qiziqish doirasini kengaytiring va tengdoshlar bilan muloqotini rivojlantiring. Harakatlarni oshirishga, his-tuyg‘ularni ifoda etish usullarini faollashtirishga e’tibor bering. Bolaning hayotiga tana sezgirligini rivojlantirishga qaratilgan sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni kiriting: cho‘milish, sovuq suv bilan yuvinish, badan artish.

Nima qilish mumkin emas?

Bolani cho‘miltirishda jinsiy a’zolariga ortiqcha e’tibor qaratmaslik kerak. Uni ortiqcha erkalash yoki labidan o‘pish, tizzada tebratish, ota-onasi bilan bir yotoqda yotishiga ruxsat berish, yoki uni uzoq vaqt davomida yotoqda yolg‘iz qoldirish tavsiya etilmaydi. Tor kiyimlar kiyintirmaslik lozim. Masturbatsiya uchun bolani jazolash yaramaydi, ayniqsa, 1,5 yoshli bolaning qo‘lidan urish juda noto‘g‘ri hisoblanadi. Urish yoki jazolash bolaning jinsiy a’zolariga qon oqimini kuchaytirib, genital sohaning tasirlanishini keltirib chiqarishi mumkin.

Bolani majburlab ovqatlantirish, bu jarayonda unda salbiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqarish, og‘iz va tilning sezgir zonasini susaytirib, jinsiy a’zolar zonasining faollashuviga olib kelishi mumkin, chunki bu ikkala tana zonasi refleksli bog‘langan. Bolaning ovqatlanishida shirin, ekstraktiv (oshqazon sekretsiyasini kuchaytiruvchi moddalar yani, turli ziravorlar, souslar kabi) va go‘shtli taomlarga ustunlik berish ham tavsiya etilmaydi.

Bugungi kunda pediatrlar, psixologlar va seksologlar bolalarda masturbatsiya normal holat ekanligiga bir ovozdan qo‘shilishadi. Bu na jinoyat, na normadan chetlanish va na kasallikdir. «Hattoki ham muammo emas», deb qo‘shimcha qilish mumkin, ammo bu yerda muammo baribir mavjud. Aslida ikkita muammo bor: ulardan biri bolalik davridagi masturbatsiyaning intensivligi bilan bog‘liq bo’lsa, ikkinchisi esa ota-onalarning bunga bo‘lgan munosabati bilan bog’liq bo’ladi.

Onanizm (masturbatsiya) – bu bola uchun mutlaqo tabiiy harakat bo‘lib, erta yoshdan boshlab uning tanasini o‘rganishi hisoblanadi. Bu jarayon bolaga xuddi ovqat, harakat va boshqa narsalar kabi zavq beradi. Bundan tashqari, bola ushbu tana qismida yoqimli hislar mavjudligini bilishi ham muhimdir. Bizning barchamizni jinsiy a’zolarimizga bo‘lgan sog‘lom munosabatning yetishmasligi ajratib turadi – aynan shu a’zolar hayot beradigan, har birimiz uchun eng qadrli narsadir.

Bolani bu xatti-harakatga undaydigan asosiy sabab uning tanasini kashf qilishga bo‘lgan qiziqishidir. Pampers yoki taglik tufayli bolaga avval ochiq bo‘lmagan jinsiy a’zolar, uni gorshokga o‘rgatish jarayonida tezroq kechadi. 1,5 yoshli bolada nima sodir bo‘ladi? U o‘z tanasini o‘rganish bilan shug‘ullanishni boshlaydi.

Masturbatsiya turlari:

Go‘daklardagi masturbatsiya — bu bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda, ko‘proq qizlarda uchraydi. U miya disfunksiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, rivojlanishning o‘tkinchi fazasi bo‘lishi mumkin, lekin ba’zida jiddiyroq miya buzilishlariga e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatadi. Go‘daklardagi masturbatsiya jinsiy a’zolar bilan turli manipulyatsiyalar shaklida namoyon bo‘ladi: tez-tez tegib ko‘rish, ishqalash va boshqa mexanik tasirlashlar shaklida bo’lishi mumkin. Bu jarayonda bola odatda zavq his qiladi, qizaradi, tez-tez va shovqinli nafas oladi, hattoki terlashi mumkin.

O‘smirlik va balog’atga yetish davridagi masturbatsiya — o‘smirlik davrida masturbatsiya keng tarqalgan hodisaga aylanadi. I.S. Konning ta’kidlashicha, bu holat o‘g‘il bolalarda 12 yoshdan keyin kuchayadi va 15-16 yoshda "cho‘qqiga" chiqadi, bu paytda 80-90% o‘g‘il bolalar bu bilan shug‘ullanadi. O‘smirlik davridagi masturbatsiya fiziologik sabablardan kelib chiqadigan jinsiy zo‘riqishni bartaraf etish vositasi hisoblanadi. Bunga urug‘ pufaklarining to‘lishi, jinsiy a’zolarning mexanik tasirlanishi kabi sabablar kiradi. Shuningdek, psixologik omillar ham mavjud: tengdoshlarning ta’siri, o‘z imkoniyatlarini sinash istagi, zavq olish. Bu jarayon ko‘pincha yorqin obrazlar, fantaziyalar va ba’zida ular ichida aniq tanlangan sheriklar bilan kechadi.

Ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq masturbatsiya — uning ko‘rinishlari turli bo‘lib, muayyan ruhiy holatlarga bog‘liq:

G‘ayritabiiy shakl — shizofreniyada.

Organik psixosindromda tormozlanish yo‘qligi ko‘rinishida.

Impulsiv, ko‘pincha tajovuzkorlik bilan birga kechadigan.

Brutal-dizforik (tushkunlik va tajovuzkorlik) yoki ba’zida tutqanoq turi sifatida — epilepsiyada.

Demonstrativ — maniyakal holatlarda.

Simptomatik masturbatsiya — jinsiy yoki unga yaqin zonalarning infektsion-somatik kasalliklar, ko‘pincha gijja (gelmintoz), qichiydigan dermatit yoki gigiena qoidalariga rioya qilmaslik tufayli bevosita tasirlanishi natijasida yuzaga keladi.

Frustratsion — maktabgacha va balog‘atga yetishdan oldingi davrda yuzaga keladi. Bu holat, asosan, depprivatsiya (masalan, uzoq davom etadigan asteniya bilan kechuvchi somatik kasalliklar) yoki oiladagi munosabatlarning buzilishi bilan bog‘liq hissiy noqulaylik sababli kelib chiqadi. Odatda, bola masturbatsiya qilish imkoniyatini qidirmaydi, lekin yolg‘iz qolganida yoki qiziqarli mashg‘ulot bilan band bo‘lmaganda, unga murojaat qiladi. Bu holat, asosan, maktabgacha yoshdagi bolalarda kuzatiladi.

Nevrotik — bu nevrozning simptomlaridan biri hisoblanadi. Odatda, asosiy obsesiv yoki asteno-obsesiv sindrom bilan kechadi.

Privit (taqlid)— bolaning motivlari va asab-gormonal mexanizmlari bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki taqlid qilish xarakteriga ega bo‘lgan masturbatsiya shakli. Keyinchalik bu odat barqaror yoki nisbatan barqaror odatga aylanishi mumkin.

Haqiqiy erta masturbatsiya — G. S. Vasilychenko tomonidan ishlab chiqilgan (1977 yil, "Umumiy seksopatologiya" nomli asarida) tasnifga ko‘ra, erta balog‘atga yetishdan oldingi masturbatsiyaga mos keladi. Odatda, bu jinsiy xatti-harakatlar majmuasi doirasida rivojlanadi.

Psevdomasturbatsiya — bu o‘rganishga yoki odatga asoslangan. Bola, asosan, jinsiy a’zolari bilan "o‘ynaydi" — ularga tegadi, ularni qitiqlaydi va shunga o‘xshash harakatlar qiladi.

Masturbatsiya intensivligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

· Epizodik — vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan.

· Muntazam — doimiy ravishda takrorlanadigan.

· Ekstsessiv — kun davomida bir necha marta sodir bo‘ladigan.

Demonstratsion (namoyishkorona) shakllar va masturbatsiyaning impulsiv yoki ba'zan tajovuzkor xususiyatlari tarbiyachilarni birinchi navbatda ogohlantirishi kerak. Agar bunday xatti-harakatlar muntazam takrorlansa, bu ruhiy kasalliklar, infeksion yoki boshqa jiddiy sabablar belgisi bo‘lishi mumkinligi sababli, mutaxassisga murojaat qilish lozim.

Boshqa turdagi masturbatsiyalar haqida gap ketganda, zamonaviy mutaxassislar, agar bola masturbatsiya haqidagi fikrlarga haddan tashqari bog‘lanib qolmasa va bu harakatlar bir necha marta qayta takrorlanmasa, bu xatti-harakatlarning bolaning rivojlanishiga salbiy ta’siri yo‘qligini ta'kidlashadi. Shu bilan birga, shifokorlar ota-onalarga bolalarda jinsiy stimulyatsiyani rag‘batlantirmaydigan sharoitlarni yaratish, shuningdek, masturbatsiya ehtimolini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalarni beradi.

Ushbu sharoitlar orasida:

Qo‘zg‘atuvchi ovqatning yo‘qligi yoki ko‘pligi (masalan, go‘sht, qovurilgan, achchiq, ziravorli taomlar, shokolad) jinsiy stimulyatsiyaga sharoit yaratishi mumkin, chunki bunday ovqatlar tos sohasiga qon oqimini kuchaytiradi.

· Juda yumshoq yotoq.

· Tor tunda kiyiladigan kiyimlar.

· Uyqudan oldin shovqinli va harakatli o‘yinlar.

· Hissiy zo‘riqish tug‘diradigan teleko‘rsatuvlar.

· O‘ta ko‘p ota-ona mehr-muhabbati va erkalash.

Masturbatsiya chastotasi — sog‘liqning ko‘rsatkichimi?

Kuniga necha marta masturbatsiya qilish normal hisoblanishi yoki muammo hisoblanishini aniq aytish qiyin. Shu sabab, muammoning alomatlarini aniqlashga e’tibor qaratamiz.

Bolalardagi onanizmning sabablari:

Mehr va ota-ona e’tiborining yetishmasligi: Masturbatsiyaga ko‘pincha ota-onasining mehr-muhabbati va e’tiboridan mahrum bolalar murojaat qiladi. Shu yo‘l bilan bola o‘zini tinchlantiradi.

Jinsiy a’zolar kasalliklari: Allergiya, diatez yoki kandidoz (molochnitsa), qichishish va ajralmalar bilan kechadigan kasalliklar ham bolalardagi masturbatsiyaning keng tarqalgan sababi hisoblanadi.

Tor kiyimlar: Juda tor ichki kiyim yoki boshqa tor kiyimlar jinsiy a’zolarga bosim o‘tkazib, ularni tasirlanishiga olib keladi.

Majburiy ovqatlantirish: Oziq-ovqatdan zavq ololmagan bola o‘zini bilmasdan jinsiy a’zolarni tasirlash orqali bu yo‘qotishni qoplashga intiladi.

Gijjalar (ostritsalar): Ayniqsa, qizlarda jinsiy a’zolar sohasida qichishish hosil qiladi.

Gigiena qoidalariga rioya qilmaslik: Terlash va tasirlashni keltirib chiqaradigan holatlar bola uchun bezovtalikni kuchaytirishi mumkin.

Qanday kurashish kerak?

Masturbatsiyaga qarshi kurashda asosiy narsa – uning sababini aniqlashdir. Agar infektsiya, allergiya yoki gijjalarning mavjudligi aniqlansa, darhol davolashni boshlang. Tor ichki kiyimni yetarlicha keng va qulay kiyimga almashtiring. Bolani o‘ziga yoqmaydigan ovqatni majburlab yeyishga majburlamang. Ich qotishining oldini olishga harakat qiling va bolaning hojat idishida uzoq vaqt o‘tirib qolmasligini ta’minlang, chunki bu jinsiy a’zolarga qon oqimini oshirishi mumkin.

Bolaning yetarli darajada ijobiy his-tuyg‘ularni olish imkoniyatlariga ega ekanligiga e’tibor qarating. Ko‘proq qiziqarli va foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishi uchun sharoit yarating. Oilada shunday muhit yaratingki, bola o‘zini yolg‘iz, tashlab qo‘yilgan yoki yaqinlarining e’tiboridan mahrum his qilmasin.

Oiladagi munosabatlarning holatini ko‘rib chiqing. Ota-onalar o‘rtasidagi doimiy janjallar va asabiy muhit bolani zo‘riqishni bartaraf etish va bo‘shashish uchun onanizmga murojaat qilishga majbur qilishi mumkin.

Bolalarni ochiq havoda o‘ynatish, sport mashg‘ulotlariga jalb qilish va har kuni sovuq dush qabul qilish tavsiya etiladi. Bu ayniqsa masturbatsiyaga moyil bolalar uchun muhimdir.

Ota-onalarning bolalardagi masturbatsiyaga bo‘lgan munosabati katta ahamiyatga ega. Qo‘rquv, ajablanish yoki muammoga haddan tashqari e’tibor qaratish faqatgina vaziyatni yomonlashtirishi va bolani bu odatga bog‘lanib qolishiga olib kelishi mumkin. Voqealarga ortiqcha emotsiyasiz, muloyim va ehtiyotkorlik bilan munosabat bildiring, bolani diqqatini boshqa narsaga burishga harakat qiling.

Qo‘rqitish, jazolash (shu jumladan, jismoniy jazolar), «Buni qilmagin!» yoki «Senda hamma narsa buzilib ketadi!» kabi so‘zlarni ishlatish mutlaqo nomaqbuldir. Bolaga bu qilmishi dahshatli yoki taqiqlangan ekanini singdirish orqali unda o‘zini yomon va nomunosib his qilish hissini uyg‘otishingiz, shuningdek, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini jiddiy ravishda pasaytirishingiz mumkin. Buning o‘rniga, bolani dalda bering, u barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishi mumkinligiga ishontiring.

Uxlashdan oldin amal qilinadigan odatlarga e’tibor qarating: xonani shamollating (karavot juda issiq bo‘lmasligi kerak), bolani yonboshlab yotishga va qo‘llarini yostiq ostiga qo‘yishga o‘rgating. Bola uxlab qolguncha uning yonida o‘tiring, unga ertak aytib bering, qo‘shiq aytib bering yoki kun davomida sodir bo‘lgan voqealarni muhokama qiling. Unga bir necha iliq so‘z aytishni unutmang.

Eslab qoling, bolalardagi masturbatsiya burunning ichini titkilash, tirnoqlarni tishlash yoki barmoq so‘rish kabi zararli odatlardan biridir. Shu sababli, bolalardagi onanizmni jinsiylik bilan bog‘lamang va farzandingizning axloqan buzilganligi haqida xavotirlanmang. Bolaga zarar yetkazadigan narsa masturbatsiyaning o‘zi emas, balki kattalarning bu holatga noto‘g‘ri munosabati bo‘lishi mumkin.

Bolalarda masturbatsiya: ota-onalar qanday munosabatda bo‘lishlari kerak?

Agar siz farzandingiz o‘zini qoniqtirish bilan shug‘ullanayotganini sezsangiz, bu vaziyatga to‘g‘ri munosabat bildirish juda muhimdir. Sizning bu "o‘yinlarga" bo‘lgan reaksiyangiz bolaning hissiy va ruhiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Quyidagi asosiy tavsiyalarni hisobga oling, agar bolangiz masturbatsiya bilan shug‘ullanganini sezsangiz:

· Bolalardagi masturbatsiyani kattalardagi qo‘zg‘alish va jinsiy hayot bilan solishtirmang. Bu ikki holat bir-biridan tubdan farq qiladi.

· Bolalardagi masturbatsiya faktiga haddan tashqari jiddiy e’tibor bermang, ayniqsa, agar siz bolani bu faoliyat bilan faqat bir yoki ikki marta shug‘ullanganini ko‘rgan bo’lsangiz ham.

· Bolaning jinsiy a’zolari bilan o‘ynashini taqiqlamang va unga tanbeh bermang. Bu aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin: bola o‘zini aybdor his qilishi, sizni yaxshi ko‘rmasligingizni o‘ylashi yoki qiziqishi oshib, bu odatni yashirin tarzda davom ettirishi mumkin.

· Bolalarning "intim o‘yinlariga" ota-onaning salbiy munosabati kelajakda bolaning jinsiy hayotida muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

· Masturbatsiyani rag‘batlantirmang va uni stimulyatsiya qilmaslikka harakat qiling. Bola "kattalarga mo‘ljallangan" filmlar va teleko‘rsatuvlarni ko‘rmasligi kerak. Uni ota-onaning intim hayotidan uzoqroq tuting.

· Bolaning gigiyenasiga e’tibor bering, unga qulay, tor bo‘lmagan kiyimlar va ichki kiyimlar tanlang.

· Jismoniy jazolarni qo‘llamang: masalan, bolani orqasiga urish uning o‘z tanasini sezishiga olib kelishi mumkin. Urish joyiga qon oqimi ortishi, qo‘zg‘alishga sabab bo‘lishi mumkin.

· Bolangiz bilan tez-tez muloqot qiling, unga ko‘proq e’tibor bering, mehr, g‘amxo‘rlik va erkalik ko‘rsating. Ota-onaning mehriga to‘ygan bola buni masturbatsiya orqali qoplashga ehtiyoj sezmaydi.

· Kechqurun bolangiz bilan birga vaqt o‘tkazing, ayniqsa, uyqudan oldin. Unga ertak aytib bering, qo‘shiq ayting, yoki kun davomida sodir bo‘lgan voqealarni muhokama qiling. Bu bolaning postelda o‘ynash ehtimolini kamaytiradi.

· Agar bola yetarlicha katta bo‘lsa, unga tushuntiringki, o‘z tanasiga tegish – bu tabiiy va uyatli emas, lekin buni faqat boshqalar ko‘rmaganida qilish mumkin. Bola sizning mehr va qo‘llab-quvvatlashingizni his etishi kerak.

· Bolaning intim mavzulari bo‘yicha savollariga to‘g‘ri va ochiq javoblar bering. Bu sizning ishonchli munosabatlar o‘rnatishingizga yordam beradi.

· Bolani sport sektsiyasiga yozdirib qo‘ying, uning bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlar bilan to‘ldirishga harakat qiling. Faol turmush tarzini, qiziqishlarni va jismoniy mashqlarni qo‘llash bola diqqatini yomon fikrlar va harakatlardan chalg‘itadi.

ESLAB QOLING!

· Agar tasodifan farzandingizni o‘zini qoniqtirish jarayonida ko‘rib qolsangiz, o‘zingizni iloji boricha taktik va vazmin tuting. Bolani uyaltirmang, balki u bilan xotirjam suhbat qurishga harakat qiling. "Nima uchun buni qilasan?" kabi savollar bermang, chunki bu savollar natija bermaydi. Kichik yoshdagi bolalar odatda instinktiv va ongsiz ravishda harakat qilishadi. Savollar berish o‘rniga bolani chalg‘iting: unga qiziqarli hikoya aytib bering yoki biror o‘yinda ishtirok eting.

· Agar bola yetarlicha katta bo‘lsa, unga tushuntiringki, bunday harakatlar juda intimdir va o‘z tanasiga tegish faqat boshqalar ko‘rmagan paytda amalga oshirilishi kerak. Bolaga tushuntiringki, tez-tez va uzoq vaqt davomida o‘z tanasiga tegish kerak emas, chunki bu infektsiyalarni keltirib chiqarishi va sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Aynan shu sababli odamlar ichki kiyim kiyadi, chunki jinsiy a’zolarni ifloslanishdan himoya qiladi.

· Eng muhim narsa: ota-onalar masturbatsiyaning tabiiy jarayon ekanligini tushunishlari kerak. Masturbatsiyasiz bolaning psixo-jinsiy rivojlanishi to‘g‘ri kechmaydi. Agar siz bolalardagi masturbatsiya jarayonining tabiiyligini tushunsangiz va qabul qilsangiz, bunday "o‘yinlar"ga munosabat bildirishingiz osonlashadi. Buning evaziga xotirjam munosabat kelajakda ko‘plab muammolar va jinsiy buzilishlarning oldini olishga yordam beradi.

Shunday qilib, agar siz farzandingizni masturbatsiya jarayonida ko‘rsangiz va bu holatda xato qilmaganligingizga ishonch hosil qilsangiz, nima qilish kerak?

Sokin tarzda bu haqda suhbat quring. Yengil, ohista ton bilan uning nima uchun buni qilayotganini so‘rang. "Senga bu yoqadimi?" deb so‘rashingiz mumkin. Ammo, burunni titkilash ham unga yoqardi, lekin siz bolangizga allaqachon buni yomon narsa ekanligini va burunni faqat hammomda, hech kim ko‘rmasdan tozalash kerakligini tushuntirdingiz. Shuningdek, bu holatda ham shunday. Agar o‘z tanangga tegish juda qiziquvchan bo‘lsang, buni qilish mumkin, lekin faqat odamlar ko‘rmagan joyda. Jinsiy a’zolar — bu shaxsiy va intim narsa. Xuddi tish cho‘tkasi kabi, lekin undan ham intimgina. Sen ham tish cho‘tkasini hammaga berib, uni boshqalarga ishlatishiga ruxsat bermaysanku, to‘g‘rimi? degandek gaplar bilan tushintirish lozim.

Bu uslubda muloqot farzandga to‘g‘ri tushuntirish va intizomni shakllantirishga yordam beradi.

Shuningdek, ko‘p marta jinsiy a’zolariga qo‘l tekkizish orqali bola infektsiya yuqtirishi mumkinligini tushuntirish kerak. Aynan shuning uchun bu tana qismlari tagliklar bilan yopiladi. Shuningdek, agar bola doim quloqlarini aylantirib turgan bo‘lsa, u og‘rishi mumkinligini tushuntiring. Xuddi shu narsa jinsiy a’zolar uchun ham to‘g‘ri: ularni doimiy ravishda qo‘zg‘atish yoki ularni o‘ynash kerak emas – ular bundan yomonroq bo‘ladi va bundan hech qanday foyda bo‘lmaydi.

Boshqacha qilib aytganda, maqsad shuki, bola masturbatsiyaga o‘ziga xos qiziqish bildirmasligi kerak, lekin shu bilan birga u o‘zini aybdor his qilmasligi ham lozim. Bola tushunishi kerakki, bunday harakatlar faqatgina odamlar ko‘rmagan joyda amalga oshirilishi kerak, lekin bu uni doimiy ravishda yakkalanishga undamagan bo‘lishi kerak. Bolaga jinsiy a’zolarni ko‘rsatish yoki boshqalarga tegishga ruxsat bermaslikni tushuntirib bering – bu orqali siz bolangizni bolalar bog‘chasida yoki maktabda guruh bo‘lib masturbatsiya qilish yoki kattalar tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchrashdan saqlay olasiz.

Shuningdek, bu holatda yordam berishi mumkin bo‘lgan narsalar: mehr-shafqat, shu jumladan, jismoniy erkalash – bolangizni quchoqlashni, uxlab qolishidan oldin erkalashni yoki yengil massaj qilishni unutmang. Shuningdek, jismoniy faollikni ham qo‘llab-quvvatlash kerak – agar biz bola to‘xtab qolishiga va sakrash yoki yugurishga ruxsat bermasak, uning sarflanmagan energiyasi boshqa yo‘lga ketishi mumkin.

O‘yin o‘rganish va his-tuyg‘ularni ifodalash, yangi qiziqishlar va qiziqarli mashg‘ulotlar – bularning hammasi bolani masturbatsiyaga bo‘lgan qiziqishidan chalg‘itadi.

Ko‘pincha, bolalarda masturbatsiya vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo’qoladi. Ammo ba’zi hollarda bu zararli odatga aylanishi mumkin, undan qutulish esa unchalik oson emas. Buning oldini olish uchun ota-onalar bolalarda masturbatsiyaning asosiy sabablarini bilishlari va nima bo‘layotganiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rganishlari kerak.

Bu yerda bolalardagi masturbatsiya va uning yoshi bilan qanday rivojlanishini ko‘rib chiqamiz:

2 yoshgacha: Bolalar jinsiy a’zolarini boshqa tana qismlari kabi manipulyatsiya qiladilar, bu jarayon ular uchun tanani o‘rganish va qiziqishlarini qondirishdan iboratdir. Bu holatda ular jinsiy a’zolarini tasodifan o‘rganadilar.

2 yoshdan keyin: Bola jinsiy a’zolarni zavq olish uchun stimulyatsiya qilishni boshlaydi. Bu jarayon uning o‘zini qoniqtirishga intilishi bilan bog‘liqdir.

3-4 yoshda: Bola bu harakatlarning kattalar ko‘zida nojo‘ya ekanligini tushunadi, lekin hali ham zavq olish maqsadida buni davom ettiradi. Agar bola jinsiy a’zolariga tegib, yashirincha harakat qilsa, bu uning o‘z harakatlarining intimligini anglaganini ko‘rsatadi.

6 yoshga kelib: Bola "yaxshi nima va yomon nima"ni tushunadi. Masturbatsiya uning nazarida nojo‘ya va xushlamaslikka olib keluvchi holatga aylanishi mumkin, hatto ota-onalar bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirmagan bo‘lsa ham. Bu yoshda bola mukofot olish uchun to‘g‘ri xatti-harakatlarni bajarishga harakat qiladi, shuning uchun masturbatsiya epizodik xarakterga ega bo‘ladi va maxfiy tarzda davom etadi.

9-10 yoshda bola o‘zini qoniqtirishni yana bir bor yoki birinchi marta o‘rganadi. Ammo bu yoshda masturbatsiya endi jinsiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi va deyarli kattalardagi jinsiy faoliyatga o‘xshash bo‘ladi. Bu paytda ota-onalar bilan jinsiy hayot, jinsiy a’zolar tuzilishi va masturbatsiyaning ortiqcha bo‘lishi kattalar intim hayotida muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida gapirish zarur.

Xulosa qilib aytganda, ota-onalar o‘z farzandlarining odatlariga qanday munosabatda bo‘lishlari kerakligi haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: Agar ota-onalar faqat muammoning tashqi ko‘rinishini, masalan, barmoqlarni so‘rish, buyumlarni yutish, tirnoqlarni tishlash yoki masturbatsiyani yo‘q qilishga harakat qilsalar, bu odatning sababini yo‘qotishga imkon berilmaydi. Patologik odatlarning oldini olishda oilaviy munosabatlarni normallashtirish, bolaning hissiy ehtiyojlarini qondirish, erkalash, mehr-muhabbat ko‘rsatish, muntazam sog‘lomlashtiruvchi va jismoniy mashg‘ulotlar, ijodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, aziz ota-onalar, patologik odatlarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish uchun sabr va qat’iyatga ega bo‘lishingizni umid qilaman. Faqat shunda bolaning holati kerakli tomonga o‘zgaradi.

Onixofagiya: bolalarda tirnoq tishlash oddiy odatmi yoki sog'liqqa tahdid?
Onixofagiya: bolalarda tirnoq tishlash oddiy odatmi yoki sog'liqqa tahdid?
9-03-2025, 20:53, Onalar uchun / Bolalar kasalliklari / Foydali maslahatlar
Movie

Нет комментариев. Гость, не желаешь оставить первый комментарий?

Перед публикацией, советую ознакомится с правилами!

{login}

Твой комментарий..

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив